O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 9-11-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-01-09 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushishi davom etadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Shu kunlarda havo harorati ko‘tariladi. Bugun ko‘hududning katta qismida kunduzi havo 8-11 daraja iliqqacha, shanba va yakshanba kunlari esa 12-15 daraja iliqqacha isiydi. Kechasi va ertalab ham harorat ko‘tarila boshlaydi, yakshanba kuniga kelib harorat 0-3 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat bugun kunduzi 9-11 daraja iliq bo‘ladi. Shanba va yakshanba kunlari harorat asta-sekin kechalari 1-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari
13-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
O‘zgidromet
2026-yil 9-yanvar
