11-18-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-09 10:25:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11,
15-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11 yanvarda 0-5° sovuq, 12-14 yanvarda 2° sovuq-3° iliq,
15-16 yanvarda 0-5° sovuq, 17-18 yanvarda 2-7° sovuq, kunduzi 11 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi, 12-13 yanvarda 7-12° iliqqacha ko‘tariladi, 14 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 15-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 va 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-14 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 3° sovuq-2° iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-12 yanvarda 11-16° iliq, 13-14 yanvarda 13-18° iliq, 15-18 yanvarda 2-7° iliqqacha pasayadi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12, 15 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11-14 yanvarda 0-5° iliq, 15 yanvarda 2-7° iliq bo‘ladi, 16-18 yanvarda 2° sovuq-3° iliqqacha pasayadi, kunduzi 11 yanvarda 10-15° iliq, 12 yanvarda 8-13° iliq, 13-14 yanvarda 10-15° iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 2-7° iliqqacha pasayadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-15 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi, 16-18 yanvarda 2° sovuq- 3° iliqqacha pasayadi, kunduzi 11-12 yanvarda 13-18° iliq, 13-14 yanvarda 15-20° iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 5-10° iliqqacha pasayadi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 11-14 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 2-7° iliqqacha pasayadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12,
16-17 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 11-16 yanvarda 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi, 17-18 yanvarda 2-7° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 11 yanvarda 7-12° iliq, 12 yanvarda 3-8° iliq, 13-14 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi, 15-18 yanvarda 3° sovuq-2° iliqqacha pasayadi.
