11-14-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-09 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 12-14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11 yanvarda 0-5° sovuq, 12-14 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 11 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi, 12-13 yanvarda 7-12° iliqqacha ko‘tariladi, 14 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 12-14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 va 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 11 yanvarda 0-5° sovuq, 12-14 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 13 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 11 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, 12-14 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 va 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 11-12 yanvarda 11-16° iliq, 13-14 yanvarda 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 yanvarda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 12 yanvarda 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 11-12 yanvarda 13-18° iliq, 13-14 yanvarda 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 11 yanvarda 7-12° iliq, 12 yanvarda 3-8° iliq, 13-14 yanvarda 5-10° iliq bo‘ladi.
