10-13-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2026-01-08 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
10-11 yanvarda 0-5° sovuq, 12-13 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10 yanvarda 5-10° iliq, 11 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi, 12-13 yanvarda 7-12° iliqqacha ko‘tariladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11 va 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-11 yanvarda 0-5° sovuq, 12-13 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10 yanvarda 5-10° iliq, 11-12 yanvarda 3-8° iliq, 13 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 11 yanvarda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 yanvarda
0-5° iliq, 11-13 yanvarda 2-7° iliq, kunduzi 10-12 yanvarda 11-16° iliq, 13 yanvarda 13-18° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 12 yanvarda ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 13 yanvarda ba’zi joylarda 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10 yanvarda 0-5° iliq, ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, 11-12 yanvarda 0-5° iliq, 13 yanvarda 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq, faqat 12 yanvarda 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10 yanvarda 0-5° iliq, 11-13 yanvarda 3-8° iliq, kunduzi 10-12 yanvarda 13-18° iliq, 13 yanvarda 15-20° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10 yanvarda 5-10° iliq, 11-13 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
2-7° sovuqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 2-7° iliqdan 7-12° iliqqacha o‘zgarib turadi.
