2025-YILNING OXIRGI OYI QANDAY BO‘LDI
2026-01-07 11:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
2025-yilning oxirgi oyi iliq bo‘ldi.
Dekabr oyining birinchi yarmi va oy oxirida bir necha kuni eng iliq bo‘lib,
havo 13-18 daraja iliqqacha, ayrim joylarda 19-24 daraja iliqqacha isidi.
15 dekabr kuni O‘zbekiston hududiga sovuq havo massalari kirib keldi va respublika hududi bo‘yicha harorat foni keskin pasaydi. Eng sovuq kechalarda harorat 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 8-13 daraja sovuqqacha pasaydi, kunduzi esa
0-2 daraja iliqdan ko‘tarilmadi. Respublika bo‘yicha sovuq ob-havo bir hafta davomida saqlanib turdi.
O‘rtacha oylik havo harorati iqlimiy ko‘rsatkichlardan 2-3 darajaga yuqori bo‘ldi.
O‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo haroratini
iqlimiy me’yordan og‘ishi
Dekabr oyida O‘zbekiston hududi bo‘yicha uzoq davom etgan yog‘ingarchilik taqchilligi davri tugadi. Oy havoning yuqori namligi va tez-tez yog‘ingarchilik bo‘lishi bilan ajralib turdi.
Respublika markaziy va janubiy viloyatlarining qator tumanlarida yog‘ingarchilik kuchli darajaga: tekislikda bir kecha-kunduzda 15-25 mm, tog‘ oldi va tog‘larda
30-40 mm gacha, ba’zi joylarda bir kecha-kunduzda 50 mm gachaga yetdi.
Ko‘pchilik viloyatlarda oylik yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 150-300% ni tashkil etdi. Faqat Xorazm viloyatida, Buxoro, Navoiy viloyatlarining katta qismida yog‘ingarchilik kam va me’yor atrofida bo‘ldi.
Toshkent viloyatida, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarining ayrim joylarida dekabr oyi so‘nggi 25 yil ichida yog‘ingarchilik eng ko‘p bo‘lgan
oy bo‘ldi.
Dekabr oyida yog‘ingarchilik yomg‘ir, hamda qor ko‘rinishida yog‘di.
Poytaxt aholisiga ob-havo o‘ziga xos Yangi yil sovg‘asini taqdim etdi.
31 dekabr kuni Toshkentda ertalab yomg‘ir yog‘di, ammo kunning o‘rtasiga kelib,
Yangi yilga bir necha soat qolganida, osmondan katta qor parchalari yog‘a boshladi. Qor parchalari yerning ho‘l yuzasiga tushib, darhol erib ketdi, ammo shahar aholisi
va mehmonlariga bayramona Yangi yil kayfiyatini yaratishga ulgurdi.
Bir kecha-kunduz uchun yog‘ingarchilik miqdori (mm)
Qor yog‘gandan so‘ng oyning ikkinchi yarmida, tekislik hududlarda qisqa muddatli qor qoplami hosil bo‘ldi. Markaziy hududlar bo‘yicha qorning maksimal balandligi
13-25 sm ga yetdi, shimoliy va janubiy hududlarda 1-6 sm ni tashkil etdi.
Tog‘larda bu yilgi mavsumdagi birinchi qor qoplami dekabr oyining boshlarida hosil bo‘ldi. Oyning oxiriga kelib, qor qalinligi 35-85 sm ni tashkil etdi.
Dekabr oyi qor ko‘chishi xavfi ko‘payishi bilan ajralib turdi. Qamchiq dovonida
va Chimyon tabiiy chegarasi hududida bir necha bor qor ko‘chkilari qayd etildi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kuzatildi, shimolda va cho‘l hududlarda esa shamolning kuchayishi 22-25 m/s ga yetdi.
O‘tgan 2025 yil O‘zbekistonning bircha hududlarida iliq bo‘ldi. O‘rtacha yillik haroratni me’yordan og‘ishi 1-2 darajani tashkil etdi.
|
Meteostansiyalar (respublika, viloyat markazlari) |
O‘rtacha yillik havo harorati, ⁰C |
O‘rtacha yillik havo harorati me’yori, ⁰C |
O‘rtacha yillik havo haroratini me’yordan og‘ishi, ⁰C |
|
Toshkent |
17,1 |
15,1 |
2,0 |
|
Nukus |
15,0 |
13,1 |
1,9 |
|
Urganch |
15,2 |
13,4 |
1,8 |
|
Buxoro |
17,5 |
15,8 |
1,7 |
|
Navoiy |
17,4 |
15,7 |
1,7 |
|
Nurafshon |
16,6 |
15,1 |
1,5 |
|
Samarqand |
16,3 |
14,7 |
1,6 |
|
Jizzax |
16,3 |
15,0 |
1,3 |
|
Sirdaryo |
16,2 |
14,6 |
1,6 |
|
Qarshi |
18,2 |
16,7 |
1,5 |
|
Termiz |
19,1 |
17,8 |
1,3 |
|
Andijon |
15,7 |
14,5 |
1,2 |
|
Namangan |
16,7 |
15,1 |
1,6 |
|
Farg‘ona |
16,0 |
14,7 |
1,3 |
Respublika hududining katta qismida yanvar va fevral oylarida o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, mart oyidan dekabr oyigacha esa iqlim me’yoridan yuqori bo‘ldi. Me’yorga nisbatan eng iliq oylar aprel va may oylari bo‘lib, bunda o‘rtacha oylik harorat o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2,5-4,5 darajaga iliqroq bo‘ldi.
2025 yil, 2016 va 2023 yillar bilan bir qatorda O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng iliq yillardan biri bo‘ldi, bir qator hududlarda (jumladan, Toshkent shahrida) esa eng iliq yillar reytingida birinchi o‘rinni egalladi.
2025 yil juda quruq bo‘ldi. Respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yillik yog‘ingarchilik miqdori me’yorning 50-80% ini tashkil etdi. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda va respublikaning eng chekka janubida yil davomidagi yog‘ingarchilik miqdori iqlim me’yoriga yaqin bo‘ldi.
|
Meteostansiyalar (respublika, viloyat markazlari) |
2025 yil uchun yog‘ingarchilik miqdori, mm |
Yil uchun yog‘ingarchilik me’yori, mm |
me’yordan % |
|
Toshkent |
298,6 |
458,0 |
65 |
|
Nukus |
109,2 |
104,1 |
105 |
|
Urganch |
109,7 |
122,9 |
89 |
|
Buxoro |
75,2 |
132,4 |
57 |
|
Navoiy |
102,5 |
198,6 |
52 |
|
Nurafshon |
269,8 |
423,3 |
64 |
|
Samarqand |
286,8 |
377,6 |
76 |
|
Jizzax |
292,9 |
402,8 |
73 |
|
Sirdaryo |
252,9 |
336,6 |
75 |
|
Qarshi |
158,2 |
237,7 |
67 |
|
Termiz |
143,8 |
160,6 |
90 |
|
Andijon |
167,7 |
243,8 |
69 |
|
Namangan |
164,7 |
207,1 |
80 |
|
Farg‘ona |
135,3 |
187,3 |
72 |
Hududning katta qismida aprel oyidan noyabr oyigacha bo‘lgan barcha oylar quruq va ekstremal quruq bo‘lishi qayd etildi. O‘tgan yilning eng yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lgan oyi esa dekabr oyi bo‘ldi.
