O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-9-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2026-01-05 12:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Yangi yilning birinchi haftasida O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuq atrofida, shimolda 6-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 yanvarda 6-9 daraja iliq, 9 yanvarda 9-12 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari
0-2 daraja sovuq, kunduz kunlari 5-8 yanvarda 7-9 daraja iliq, 9 yanvarda
10-12 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2026-yil 5-yanvar
