1-8 YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-30 11:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliqdan 3-8° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi
1-2 yanvarda 3-8° iliq, 3-4 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-8 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3 yanvarda
ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1 yanvarda 7-12° iliq bo‘ladi, 2-8 yanvarda 10-15° iliqdan 3-8° iliqqacha o‘zgarib turadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 2° sovuq-3° iliqdan 3-8° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1-2 yanvarda 3-8° iliq, 3-4 yanvarda 2° sovuq-3° iliq,
5-8 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 3-4 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 3-8° iliq;
2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 3 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 4 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 0-5° iliq; 5-7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 8 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq,
kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 2 va 4-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 3 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 4-8 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4 yanvarda 3-8° iliq bo‘ladi, 5-8 yanvarda
8-13° iliqqacha ko‘tariladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 2 va
5-8 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 5-10° iliqqacha o‘zgarib turvadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° sovuqdan 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan 2-7° iliqqacha o‘zgarib turadi.
