31-DEKABR 7-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-29 10:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 31 dekabr-2 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 3 yanvarda 2-7° sovuq, 4-7 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 31 dekabrda 0-5° iliq, 1-2 yanvarda 3-8° iliq, 3-4 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-7 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabrda kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi. 4-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 1-2 yanvarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 dekabr kechasi 2-7° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-6 yanvarda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq, 7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyati shimolida kechasi 31 dekabr-2 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 3 yanvarda 2-7° sovuq, 4-7 yanvarda 3-8° sovuq, kunduzi 31 dekabrda 0-5° iliq, 1-2 yanvarda 3-8° iliq, 3-4 yanvarda 2° sovuq-3° iliq, 5-7 yanvarda 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1-2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin) bo‘ladi, 4-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 1 yanvarda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4-7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabr va 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1-2 yanvar va 4-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 3 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 4-7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-5 yanvarda 5-10° iliq, 6-7 yanvarda 8-13° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, faqat 2 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 31 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31 dekabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 2 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 3 yanvarda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 4-7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 4-5 yanvarda 5-10° iliq, 6-7 yanvarda 8-13° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 1 va 3 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 2-7° iliq. kunduzi 5-10° iliq; 1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 2 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 3 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 4 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq, 5-7 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 31 dekabr-3 yanvarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin, 4-7 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 31 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq, 1-2 yanvarda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 0-5° iliq, 3 yanvarda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq, 4-7 yanvarda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° sovuq bo‘ladi.
