OZBEKISTON BOYICHA 29-31-DEKABR VA 1-4-YANVAR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-29 10:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Yilning oxirgi kunlarida Ozbekiston hududi boyicha beqaror ob-havo bolishi kutilmoqda. Bugun kunduzi Qoraqalpogiston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida yomgir yogadi. 30-31 dekabr kunlari respublikaning kopchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yomgir yogadi, shimolda qorga aylanadi. Faqat Fargona vodiysi viloyatlarida yogingarchilik kutilmaydi. Bugungi kun - dekabr oyi oxirgi kunlarining eng iliq kuni boladi. Kunduzi havo 13-18 daraja iliqqacha isiydi. Ertaga 30 dekabrda havo haroratining pasayishi boshlanadi, 31 dekabrga kelib, harorat 5-10 daraja iliq atrofida boladi. 1-2 yanvar kunlari Ozbekiston boyicha asosan yogingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Faqat Surxondaryo viloyatida va Fargona vodiysi viloyatlarida 1 yanvar kuni bazi joylarda biroz yomgir yogishi mumkin. Harorat kunduzi 1 yanvarda 3-8 daraja iliq, 2 yanvarda 8-13 daraja iliq boladi. 3-4 yanvar kunlari hududiga nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 3 yanvar kuni, 4 yanvar kuni kechasi va ertalab respublika boyicha bazi joylarda yogingarchilik (yomgir yogadi, qorga aylanishi mumkin) boladi. 4 yanvarga kelib, kunduzgi harorat asta-sekin 0-5 daraja iliqqacha pasayadi. Respublika boyicha bazi joylarda ayrim kunlarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Bazi joylarga tuman tushadi. Toglarda vaqti-vaqti bilan asosan qor korinishidagi yogingarchilik kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli boladi. Qor kochishi xavfi bor. Toshkentda: bugun yogingarchilik kutilmaydi. Harorat 15-17 daraja iliq boladi. 30 dekabrda biroz yomgir yogishi mumkin. Harorat kunduzi 11-13 daraja iliq boladi. 31 dekabrda vaqti-vaqti bilan yomgir yogadi. Harorat kunduzi 8-10 daraja iliq boladi. 1-2 yanvar kunlari yogingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 1 yanvarda 5-7 daraja iliq, 2 yanvarda 11-13 daraja iliq boladi. 3 yanvar va 4 yanvarga otar kechasi vaqti-vaqti bilan yogingarchilik (yomgir yogadi, qorga aylanishi mumkin) boladi. Kunduzgi harorat asta-sekin 0-5 daraja iliqqacha pasayadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan ortacha tezlikgacha esadi.
O'zgidromet
2025-yil 29-dekabr
