O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 26-28-DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-26 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Navoiy viloyati shimolida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi, Toshkent viloyatida ayrim joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, tog‘larda qor yog‘adi. Havo harorati 3-8 daraja iliq, shimolda 0-5 daraja sovuq atrofida bo‘ladi.
Shanba kuni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida ayrim joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Yakshanba kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz o-havo saqlanib turadi.
Dam olish kunlari havo harorati: shanba kuni 7-12 daraja iliqqacha, yakshanba kuni 10-13 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda: bugun kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 0-2 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
Yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 2-4 daraja iliq, kunduz 10-12 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
O‘zgidromet
2025-yil 26-dekabr
