27-DEKABR 3-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-25 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27, 29 dekabr va 31 dekabr-1 yanvarda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 28, 30 dekabr va 2-3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 27 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi, 28-30 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliqqacha, kunduzi 5-10° iliqqacha ko‘tariladi; 31 dekabr-3 yanvarda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLAPRI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27, 31 dekabr va 2-3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 28-30 dekabr va 1 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliqdan 4-9° iliqqacha, kunduzi 7-12° iliqdan
12-17° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28, 30 dekabr va 2 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliqdan 3-8° iliqqacha, kunduzi 5-10° iliqdan 10-15° iliqqacha o‘zgarib turadi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 27-29 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
faqat Qashqadaryo viloyatida 28 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
30 dekabr va 2 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 31 dekabr-1 va 3 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 29 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliqdan 5-10° iliqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 10-15° iliq, faqat 29-30 dekabrda 13-18° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 31 dekabr-
1 yanvarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
2° sovuq-3° iliqdan 1-6° iliqqacha, kunduzi 3-8° iliqdan 7-12° iliqqacha o‘zgarib turadi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi. Tuman tushishi mumkin. 27 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
5-10° sovuqdan 0-5° sovuqqacha, kunduzi 2-7° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi.
