25-DEKABR 1-YANVARGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-23 10:10:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25-26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi.
27 va 31 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 28-30 dekabr
va 1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat 25 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 27 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 28-31 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 1 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 26-27 va 31 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat
25 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 27 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 28-31 dekabrda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 1 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
BUXORO VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 28 dekabr-1 yanvarda 0-5° iliq, kunduzi 25 va 27 dekabrda 7-12° iliq, 26 dekabrda 2-7° iliq,
28 dekabr-1 yanvarda 9-14° iliq bo‘ladi.
NAVOIY VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25, 27 dekabrda va 31 dekabr-1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 28-29 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 25-27 dekabrda 3° sovuq-2° iliq, 28 dekabr-1 yanvarda 0-5° iliq, kunduzi 25 va 27 dekabrda 7-12° iliq, 26 dekabrda 2-7° iliq,
28 dekabr-1 yanvarda 9-14° iliq; viloyat shimolida 25 dekabrda kechasi 1-6° sovuq, kunduzi
0-5° iliq; 26 dekabrda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 27 dekabrda kechasi
5-10° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 28-31 dekabrdaa kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3-8° iliq;
1 yanvarda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25, 27 dekabrda va 31 dekabr-1 yanvarda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 va 28-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 va 27-28 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 26 dekabr-
1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 28-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25 va 27-28 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq, 26 dekabr-1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-30 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-27 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 28 dekabr-1 yanvarda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 29-31 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 26 dekabr-
1 yanvarda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. 26 dekabr- yanvarda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10° sovuqdan
2-7° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqdan 0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi.
