O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 22-26-DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-22 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun 22-dekabr kuni O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat ertalab Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida va kun davomida respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
23-24 dekabrda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 23 dekabr kuni kechasi va ertalab ba’zi joylarda biroz qor yog‘ishi mumkin.
25-26 dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi. 26 dekabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ushbu kunlarda respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Havo harorati asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 22 dekabrda 0-5 daraja iliq bo‘ladi, 23-25 dekabrda asta-sekin 5-10 darajagacha ko‘tariladi, 26 dekabrda 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Respublika bo‘yicha ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: 22-25 dekabr kunlari asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat 23 dekabrda kechasi biroz qor yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. 22-23 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi.
Harorat kechalari 1 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduzi 22 dekabrda
2-4 daraja iliq bo‘ladi, 23-25 dekabrda asta-sekin 7-9 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
26 dekabrda vaqti-vaqti bilan asosan yomg‘ir ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik kuzatiladi va kunduzgi harorat biroz pasayadi.
O‘zgidromet
2025-yil 22-dekabr
