24-31-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-22 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24, 27 va 29-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
25-26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘ad. 28 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 dekabrda
1-6° sovuq, 27 dekabrda 3-8° sovuq, 28-31 dekabrda 5-10° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-25, 27 va 29-31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 26 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 28 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-26 dekabrda 1-6° sovuq,
27 dekabrda 3-8° sovuq, 28-31 dekabrda 5-10° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan 3° sovuq-
2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24 dekabrda 7-12° iliq bo‘ladi, 25-31 dekabrda
2-7° iliqqacha pasayadi; Navoiy viloyati shimolida kechasi 24-26 dekabrda 1-6° sovuq,
27 dekabrda 3-8° sovuq, 28-31 dekabrda 5-10° sovuq bo‘ladi, kunduzi 2-7° iliqdan
3° sovuq-2° iliqqacha o‘zgarib turadi.
TOSHKENT VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-25 va 27 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
26 va 28-29 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
30-31 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi
3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25 dekabrda 5-10° iliq, 26-31 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-27 va 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
28-29 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 30 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 24-25 dekabrda 5-10° iliq, 26-31 dekabrda 2-7° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-27 va 31 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
28-29 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 30 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 24-27 dekabrda 7-12° iliq, 28-31 dekabrda 5-10° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-28 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 29 dekabrda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 30-31 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 24-25 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
26-31 dekabrda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
26-31 dekabrda yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13° sovuqdan
3-8° sovuqqacha, kunduzi 0-5° sovuqdan 0-5° iliqqacha o‘zgarib turadi.
