O‘ZBEKISTON BO‘YICH 19-21-DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-19 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Kecha yog‘ib o‘tgan yog‘ingarchilikdan so‘ng, bugun kunduzi O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati 0-5 daraja iliq, janubda 6-9 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shanba va yakshanba kunlari O‘zbekiston hududiga nam havo massalarining yangi qismi kirib keladi. Respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari
0-5 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 1-3 daraja iliq bo‘ladi.
Shanba kuni asosan qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi,
tuman tushishi mumkin. Yakshanba kuni kechasi va ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushadi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi.
Harorat kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 19-dekabr
