O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 15-19-DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-15 10:15:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunning birinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, ho‘l qor ) bo‘ladi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning tog‘li hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 2-5 daraja iliq bo‘ladi.
Ertala 16-dekabr kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechga tomon respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
17-19-dekabr kunlari respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir qorga aylanadi) bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Harorat 17-dekabrda kechasi 1-4 daraja iliq, kunduzi 4-7 daraja iliq bo‘ladi, 18-19-dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-3 daraja iliq bo‘ladi.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 17-18-dekabrda
ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda: bugun ertalab biroz qor yog‘adi, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 3-5 daraja iliq bo‘ladi.
Ertaga 16 dekabr kuni kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 1 daraja sovuq-1 daraja iliq, kunduzi 7-9 daraja iliq bo‘ladi.
17-19-dekabrda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, 18-19 dakabrda qorga aylanadi) bo‘ladi. Harorat 17-dekabrda kechasi 2-4 daraja iliq, kunduzi
5-7 daraja iliq bo‘ladi, 18-19 dekabrda kechalari harorat asta-sekin 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 0-3 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 15-dekabr
