O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 5-8-DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-05 11:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun kunduzi Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
6-7 dekabr kunlari respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat shanba kuni kechqurun va yakshanba kuniga o‘tar kechasi Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Xorazm viloyatida yakshanba kuni kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi shimolida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Havo harorati asosan 5-7 dekabrda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduz kunlari 8-13 daraja iliq, shimolda kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
8 dekabrda respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 7-8 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin.
Toshkentda: 5 dekabrda kunning birinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 6-7 dekabrda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi,
faqat 6 dekabrda kechqurun va 7 dekabrga o‘tar kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushadi. Harorat asosan
5-7 dekabrda kechalari 0-2 daraja iliq, kunduz kunlari 9-12 daraja iliq bo‘ladi.
8 dekabrda yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi
5-7 daraja iliq bo‘ladi.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2025 yil 5 dekabr
