O‘ZBEKISTONDA 2025-YIL NOYABR OYIDA KUZATILGAN OB-HAVO SHAROITI
2025-12-04 16:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Kuz faslining oxirgi oyi - noyabr ham tugadi.
Noyabr oyining o‘ziga xos iqlimiy xususiyati havo haroratining oy boshidan oxirigacha tez pasayishi hisoblanadi, chunki noyabr oyining oxiri qish mavsumiga o‘tish davridir.
Bu yil noyabr oyidagi havo harorati odatdagi iqlim tartibiga mos kelmadi.
Noyabr oyining birinchi o‘n kunligi eng sovuq bo‘lib, u me’yordan
1-4 darajaga sovuq bo‘ldi. O‘n kunlik o‘rtasida sovuqning eng yuqori cho‘qqisida, hududning katta qismida harorat kechalari 1-6o daraja sovuqqacha, respublika shimolida ba’zi joylarda 9-11 daradja sovuqqacha pasaydi.
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklari iliq havo kuzatildi. O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlari iqlim me’yoriga nisbatan eng iliq bo‘ldi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyatining shimoli bo‘yicha 2025 yilning noyabr oyi meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun eng iliq noyabr oylari (me’yordan
2-4 darajaga yuqori) uchligiga kirdi.
Respublikaning qolgan hududlarida noyabr oyining o‘rtacha oylik harorati o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘ldi.
O‘rtacha bir kecha-kunduzlik havo haroratini me’yordan og‘ishi
Havo haroratining eng yuqori qiymatlari oyning o‘rtasida kuzatildi. Kunduzi havo 19-22 daraja iliqqacha, eng chekka janubda va Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida 23-25 daraja iliqqacha isidi.
1-jadvalda meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun noyabr oyidagi mutlaq minimal va maksimal havo harorat qiymatlari mutlaq minimal va maksimal harorat bilan taqqoslagan.
Jadvaldan shuni ko‘rishi mumkinki, O‘zbekistonning barcha hududi bo‘yicha minimal havo harorati rekordlari bundan 70 yil oldin o‘rnatilgan.
Bu asrda minimal haroratning eng past qiymatlari barcha kuzatuv yillari uchun mutlaq minimumdan deyarli yuqori bo‘ldi.
O‘zbekiston hududining katta qismida maksimal havo harorati rekordlari aynan XXI asrda o‘rnatilgan.
1-jadval
|
Meteostansiya |
2025 yil noyabr oyi minimal havo harorati |
Noyabr oyida mutlaq minimal harorat |
2001-2024 yy. uchun noyabr oyida minimal harorat |
2025 yil noyabr oyi maksimal havo harorati |
Noyabr oyida mutlaq maksimal harorat |
|
Toshkent |
-2,7 |
-22,1 / 1954 |
-10,5 /2020 |
22.4 |
31,6 /2017 |
|
Nukus |
-8,8 |
-24,3 / 1950 |
-20,4 /2016 |
22.3 |
27,4 /2006 |
|
Urganch |
-6,0 |
-19,8 / 1950 |
-18,1 /2016 |
21.5 |
27,5 /1979 |
|
Buxoro |
-2,5 |
-19,6 / 1950 |
-14,0 /2016 |
22.3 |
31,7 /2009 |
|
Navoiy |
-2,8 |
-19,7 / 1950 |
-14,3 /2016 |
23.0 |
31,0 /1988 |
|
Samarqand |
-1,2 |
-18,1 / 1954 |
-11,8 /2016 |
21.4 |
31,5 /2017 |
|
Jizzax |
-3,2 |
-24,5 / 1954 |
-13,0 /2020 |
20.0 |
33,4 /2016 |
|
Sirdaryo |
-3,4 |
-27,0 / 1954 |
-11,8 /2016 |
21.0 |
31,6 /2017 |
|
Qarshi |
-0,3 |
-18,6 / 1950 |
-11,0 /2020 |
22.9 |
33,5 /2017 |
|
Termiz |
-1,3 |
-13,0 / 1910 |
-10,2 /2016 |
24.7 |
33,5 /2017 |
|
Andijon |
-4,6 |
-21,7 / 1954 |
-10,6 /2016 |
19.0 |
28,1 /1990 |
|
Namangan |
-3,0 |
-18,1 / 1941 |
-10,4 /2016 |
19.3 |
26,2 /2003 |
|
Farg‘ona |
-3,8 |
-22,8 / 1954 |
-9,2 /2016 |
19.8 |
27,6 /2003 |
O‘tgan noyabr oyida maksimal va ayniqsa minimal harorat qiymatlari o‘zlarining ekstremal qiymatlaridan uzoq bo‘ldi.
Noyabr juda anomal quruq bo‘ldi.
4-5 noyabr kunlari respublika hududi bo‘yicha yomg‘ir yog‘di. Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida, Qashqadaryo viloyatining tog‘ oldi va tog‘li hududlarida yomg‘ir o‘rtacha jadallikda, ayrim joylarda esa hatto kuchli yomg‘ir yog‘di.
Ammo bu yomg‘ir yog‘gan yagona davr yedi. Keyinchalik quruq ob-havo O‘zbekistonning barcha hududida oy oxirigacha davom yetdi.
Umuman olganda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida oylik yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan 15% ga kam bo‘ldi. Ushbu hududlar bo‘yicha o‘tgan noyabr oyi barcha kuzatuv yillari uchun eng quruq noyabr oylari beshligiga kirdi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik me’yordan 20% dan 50% gacha bo‘ldi.
4-5 noyabr kunlari tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida qayd etildi va va beqaror qor qoplami hosil bo‘ldi, u havo harorati ko‘tarilishi bilan butunlay eriydi.
Harorat inversiyasini saqlashga hissa qo‘shadigan barqaror ob-havo holati, yog‘ingarchilikning yo‘qligi va uzoq vaqt davomida asosan kuchsiz shamol esishi havoni ifloslantiruvchi moddalardan tabiiy tozalanishiga to‘sqinlik qildi.
2025-YIL KUZ MAVSUMINING XUSUSIYATLARI
O‘rtacha 2025 yilning kuz mavsumi iliq va juda quruq bo‘ldi.
Kuz uchun o‘rtacha mavsumiy harorat me’yordan 1-2 darajaga iliqroq bo‘lishi kuzatildi.
Kuz mavsumining o‘ziga xos xususiyati kuz oylarida va umuman mavsumda yog‘ingarchilikning sezilarli darajada tanqisligi edi.
Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik mavsumiy me’yordan 2% dan 35% gacha bo‘ldi.
Ushbu kuz fasli barcha kuzatuv davri uchun eng quruq kuz mavsusmlari beshligiga kirdi.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy va janubiy viloyatlarida mavsum uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 40-80% ni, shimoliy hududlarda esa 95-222% ni tashkil этди.
