6-13-DEKABRGA OB-HAVO PROGNOZI
2025-12-04 11:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 7 dekabrda
ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-8 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 9-10 dekabrda kechasi 4-9° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 11 dekabrda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 12-13 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 va 10-13 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi,
9 dekabrda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi
6-7, 9 va 11-13 dekabrda 2° sovuq-3° iliq, 8 dekabrda 0-5° iliq, 10 dekabrda 0-5° sovuq, kunduzi 6-8 dekabrda 8-13° iliq, 9-10 dekabrda 4-9° iliq, 11 dekabrda 6-11° iliq,
12-13 dekabrda 8-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SAMARQAND, SIRDARYO, JIZZAX VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-7 dekabrda kechasi
2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 8 dekabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq;
9 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq; 10 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 11 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 6-11° iliq;
12-13 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11 dekabrda 0-5° iliq,
6 va 10-11 dekabrda ba’zi joylarda 2° sovuqqacha, kunduzi 6, 8-10 va 13 dekabrda
10-15° iliq, 7 va 11-12 dekabrda 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, 6-7 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi,
8 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 9 dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8 dekabrda kechasi 3° sovuq-
2° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 9 dekabrda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 3-8° iliq;
10 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 11 dekabrda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq; 12-13 dekabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG‘LI HUDUDLARI
Havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 8 dekabrda ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-6° sovuqdan 7-12° sovuqqacha, kunduzi 0-5° iliqdan
0-5° sovuqqacha o‘zgarib turadi.
