2025-YIL DEKABR OYIDA QANDAY OB-HAVO KUTILMOQDA?
2025-12-01 15:20:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Dekabr – qish faslining birinchi oyidir. O‘rtacha dekabr oyi kuzning oxirgi oyidan 4-6 darajaga sovuqroq bo‘ladi.
Dekabr- O‘zbekistonga qishning ilk belgilarini olib kiradi: kechalari radiatsiyaviy sovish kuchayadi, kechalari harorat manfiy darajagacha pasayadi. Dekabr - yilning eng tumanli oylaridan biridir. Dekabr oyida o‘rtacha 5-8 kun tumanli kunlar kuzatiladi, ammo ba’zi yillarda tumanli kunlar soni 10-15 kunga yetadi.
Shu bilan birga dekabr oyida qishga xos bo‘lmagan iliq davrlar qayd etilib, bunda harorat 15-20 daraja iliqqacha ko‘tariladi, ba’zida esa undan ham yuqori bo‘ladi.
Ushbu asrda 2002, 2006, 2011, 2012, 2020 va 2022 yillarning dekabr oylari sovuq (meyordan 2-4 darajgaa past) bo‘ldi.
So‘nggi 50 yil ichida 1984 yil dekabr oyi eng sovuq bo‘ldi. 1984 yil dekabr oyida o‘rtacha oylik harorat meyordan 7-12 darajaga past bo‘lishi qayd etildi. Bunday ahamiyatli harorat anomaliyasi juda kamdan kam hollarda uchraydi. Meteorologik kuzatuvlarning barcha qatori uchun shunga o‘xshash dekabr oylari 1877 va 1920 yillarda kuzatilgan.
Respublika hududining katta qismida sovuqlar cho‘qqisida havo harorati
20-25 daraja sovuqqacha, ba’zi joylarda 27 daraja sovuqqacha, eng chekka janubda
9-14 daraja sovuqqacha pasayishi qayd etilgan. Oyning katta qismida sovuq havo hatto kunduz kunlari ham saqlanib turgan.
So‘nggi 50 yil ichida 2021 yil dekabr oyi eng iliq (meyordan 2-4 darajaga yuqori) bo‘ldi. Eng iliq kunlarda havo harorati 20-25 daraja iliqqacha, janubda 26-28 daraja iliqqacha ko‘tarilgan edi.
Respublikaning ayrim hududlarida 2021 yil dekabr oyida havoning maksimal harorati meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘ldi.
So‘nggi 50 yil (1975-2024 yy.) uchun dekabr oyida
minimal va maksimal havo harorati (оС)
|
Meteostansiyalar nomi |
Minimal harorat |
Maksimal harorat |
|
Toshkent |
-19,0/ 1974 |
25,9/ 1989 |
|
Nukus |
-28,1/ 1976 |
19,6/ 1980 |
|
Urganch |
-26,2/ 1976 |
21,3/ 2023 |
|
Buxoro |
-24,9/ 1984 |
26,4/ 1987 |
|
Navoiy |
-22,6/ 1984 |
25,1/ 2021 |
|
Nurafshon |
-19,5/ 2023 |
26,9/ 1989 |
|
Samarqand |
-18,1/ 1990 |
27,5/ 2015 |
|
Jizzax |
-23,0/ 1984 |
27,7/ 1989 |
|
Sirdaryo |
-23,5/ 1984 |
23,1/ 1989 |
|
Qarshi |
-19,7/ 1990 |
30,5/ 1987 |
|
Termiz |
-18,4/ 2002 |
26,7/ 1987 |
|
Andijon |
-22,2/ 1984 |
17,3/ 1983 |
|
Namangan |
-20,1/ 1984 |
17,1/ 1983 |
|
Farg‘ona |
-18,2/ 1984 |
17,6/ 1990 |
Ko‘p yillik kuzatuv ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, dekabr oyi boshqa oylarga nisbatan global isishga moyilligi kamroqdir.
O‘rtacha oylik havo haroratining meyordan og‘ishi
Grafikda oxirgi 50 yil uchun o‘rtacha oylik harorat anomaliyasi o‘zgarishining trend chizig‘i ko‘rsatilgan, ammo u nol anomaliya qiymatiga nisbatan deyarli farqlanmaydi. Bundan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, dekmak sunggi 50 yil ichida dekabr oyida haroratining ko‘tarilish tendensiyasi kuzatilmagan.
Dekabr oyida noyabr oyig nisbatan yog‘ingarchilik miqdori ko‘payadi va yog‘inli kunlar soni ortadi.
Respublikaning shimolida va cho‘l xududlarida yog‘ingarchilik kamroq bo‘ladi (bir oyda 8 mm dan 15 mm gacha). Oy davomida Farg‘ona vodiysi vilotlari va eng chekka janubda 17 mm dan 33 mm gacha, respublikaning qolgan hududlarida esa 35 mm dan 60 mm gacha, tog‘li hududlarda ba’zi joylarda 80-120 mm gacha yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Haqiqatda, yog‘ingarchilik miqdori yildan yilga katta farq qiladi.
Tekislik bo‘yicha yog‘ingarchilik yomg‘ir, hamda qor ko‘rinishida kuzatiladi, tog‘li hududlarda esa odatda qor qoplami faol shakllanadi. Shunday dekabr oylari kuzatilganku markaziy viloyatlarning tekislik xududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik qor ko‘rinishida yog‘gan, va qor qoplami tanaffus bilan oy davomida saqlanib turgan. So‘nggi marta banday qorli dekabr oyi 2002 yilda qayd etilgan. Toshkentda taksimal qor qoplami balandligi 15-30 sm ga, tog‘larda 70-100 sm ga yetgan.
So‘nggi 8 yil ichida O‘zbekistonda dekabr oylari quruq (yog‘ingarchilik meyordan kam) bo‘ldi.
Bu yil dekabr oyi qanday bo‘ladi? Haqiqiy qish ob-havosi bo‘ladimi? Yoki dekabr oyining ob-havosida iliq davrlar kuzatiladimi?
1-3 dekabrda respublika bo‘yicha qish faslining boshi uchun biroz iliq va quruq ob-havo saqlanib turadi. Hududning katta qismilda havo harorati kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq bo‘ladi.
4-5 dekabrda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi harorat 3-6 darajagacha pasayadi.
6-7 dekabrda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi va harorat 12-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi.
Keyinchalik oyning oxirigacha harorat kechalari 0-5 daraja iliqdan 2-7 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqdan 0-5 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.
Harorat tartibi bo‘yicha dekabr oyi o‘rtacha iqlim meyoridan 1-1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda.
Oyning ayrim kunlarida (2-4 kun) yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi.
Ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda harorat kechalari 2-7 дaraja sovuqdan 0-5 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 2-7 daraja iliqdan
10-15о iliqqacha o‘zgarib turadi.
