O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 1-5 DEKABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-12-01 10:00:00 / Ob-havo ma'lumotlari
1-3-dekabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi va
3 dekabrga kelib kunduzi havo 12-13 daraja iliqqacha isiydi.
4-5-dekabr kunlari respublika hududiga nam va nisbatan sovuq havo kirib kelishi kutilmoqda. Shimoliy hududlardan tashqari, respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.
Havo harorati 6-11 daraja iliqqacha pasayadi.
1-5 dekabrda harorat kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.
Toshkentda: 1-3 dekabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 4-5 dekabrda vaqti-vaqti bilan jadalligi asosan biroz bo‘lgan yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechalari 0-5 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 1-3 dekabrda 13-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi, 4-5 dekabrda 8-11 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 1-dekabr
