O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 28-30-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-28 10:50:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun O‘zbekistonning katta hududida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Kunduzi harorat 15-18о iliqqacha isiydi. Faqat Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida harorat 5-10о iliqqacha pasayadi.
Dam olish kunlari Respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 2-3о ga pasayadi. Kechasi 2о sovuq-3о iliq, kunduzi 10-15о iliq bo‘ladi. Shimolda kechasi 0-5о sovuq, kunduzi 5-10о iliq bo‘ladi.
Respublikaning ba’zi joylariga tuman tushishi mumkin. Biroz kuchsiz shamol sharqdan esib turadi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati bugun kunduzi 15-17о iliq, shanba va yakshanbada kechasi 0-3о iliq, kunduzi 11-14о iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 28-noyabr
