O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 24-28-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-24 10:55:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Noyabr oyining so‘ngi ish haftasida O‘zbekiston hududida quruq ob-havo saqlanib turadi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Harorat kunduzi 13-18о iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning ikkinchi yarmida kelib harorat shimoliy va cho‘l hududlarda 2-3о ga pasayadi.
Kechasi va ertablari respublika hududining asosiy qismida 0-5о iliq, shimolda 1-3о gacha sovuq bo‘ladi.
Mayin shamol sharqdan biroz esib turadi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan kechalari 3-5о iliq, kunduzi 15-18о iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 24-noyabr
