O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 21-23 NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-21 14:30:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
Harorat kechasi 0-5о iliq atrofida bo‘ladi, respublikaning shimoliy hududlarining ba’zi joylarida 2о sovuq, kunduzi 13-18о iliq bo‘ladi. Bu meyyoriy (oʻrtacha koʻp yillik) koʻrsatkichlardan 2-4° yuqori.
Ba’zi joylarga tuman tuman tushishi mumkin.
Juda mayin shamol sharqdan esib turadi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 4-6о iliq, kunduzi 15-18о iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2025 yil 21 noyabr
