O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 17-21-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-17 09:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Haftaning ish kunlarida O‘zbekiston hududida iliq ob-havo saqlanib turadi.
Bugun va ertaga harorat kunduzi 19-22о iliq atrofida bo‘ladi. Haftaning o‘rtalariga kelib harorat sezilarli bo‘lmagan darajada pasayadi, va respublika hududining asosiy qismida 15-18о iliq atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 3-8о iliq bo‘ladi.
Bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat
19-20 noyabrda respublikaning tog‘li hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir, baland tog‘li hududlarda qor yog‘ishi mumkin.
Mayin shamol sharqdan biroz esib turadi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 17-18 noyabrda kunduzgi vaqtlarda 19-21о iliqqacha ko‘tariladi, 19-21 noyabrda kunduzi harorat
16-18о iliq atrofida bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 6-8о iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 17-noyabr
