O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 14-16-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-14 10:35:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va yaqinlashayotgan dam olish kunlarida O‘zbekiston hududida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
Harorat kechasi 2-7о iliq, kunduzi 17-22о iliq atrofida bo‘ladi. Bu noyabr oyining oʻrtalari uchun normal (oʻrtacha ko’p yillik) koʻrsatkichlardan 3-5° yuqori.
Juda mayin shamol sharqdan esib turadi.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 4-6о iliq, kunduzi 18-20о iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 14-noyabr
