O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 10-14-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-10 10:05:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Bugun va yaqin kunlarda O‘zbekiston hududida asta-sekin havo harorati ko‘tarilishi davom etadi.
Harorat 10-11 noyabrda kechasi va ertalab 0-3о iliq, kunduzi 13-16о iliq bo‘ladi.
Hafta o‘rtasidan boshlab havo harorati kechgi va tonggi vaqtlarda 4-7о iliq atrofida bo‘ladi, kunduzi esa 17-20о iliqgacha ko‘tariladi.
Respublika hududining aksariyat qismida quruq havo saqlanib turadi. Faqat 10-11 noyabrda Toshkent viloyatining tog‘li hududlarining ba’zi joylarida yog‘ingarchilik (qor, yomg‘ir) yog‘ishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 10-11 noyabrda kechasi 2-4о iliq, kunduzi 13-16о iliq, 12-14 noyabrda kechasi 4-7о iliq, kunduzi 17-20о iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan 3-8 m/c tezlikda esadi.
O‘zgidromet
2025-yil 10 noyabr
