O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 7-9-NOYABR KUNLARIGA OB-HAVO
2025-11-07 10:40:00 / Ob-havo ma'lumotlari
Keyingi kunlarda O‘zbekiston hududidan sovuq havo massalari chekinishda davom etadi. Havo harorati asta sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi havo 10-12о iliqqacha, yakshanba kuni esa 14-17о gacha, janubda 18-20о gacha isiydi. Kechalari ham havo harorati ko‘tariladi, hududning katta qismida harorat iliq bo‘ladi. Kuchsiz sovuq kechasi va ertalab asosan faqat Respublikaning shimolida va cho‘l hududlarida saqlanib turadi.
Toshkentda: bugun va dam olish kunlari havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kuchsiz shamol esadi. Havo harorati 7 noyabrda
10-12 о iliq bo‘ladi, 8-9 noyabrda 14-16о iliqqacha ko‘tariladi. Harorat kechalari1-3‘ iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 7-noyabr
