G‘uzor tumanida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi: yuzlab fuqarolarning bandligi ta’minlanmoqda
2026-09-18 14:25:00 / Yangiliklar

G‘uzor tumanida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda oliy ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash maqsadida navbatdagi keng qamrovli «Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi» tashkil etildi.
📊 Yarmarka natijalari raqamlarda:
Mehnat yarmarkasiga tumandagi 1500 nafar fuqaro, jumladan, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilari va ishsiz yoshlar jalb etildi.
Ularning bandligiga ko‘maklashish maqsadida 250 ta korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlari jami 1 000 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi (shundan 452 tasi davlat tashkilotlari hissasiga to‘g‘ri keladi).
Tumanda aholi turmush farovonligini oshirish va munosib ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettiriladi.






