📢 Aholi murojaatlari bilan ishlashning yangi amaliy tizimi
2026-08-18 18:30:00 / Yangiliklar

Gʻuzor tumanida aholi muammolarini bevosita joyida hal etish, sayyor va shaxsiy qabullarning o‘z vaqtida hamda samarali o‘tkazilishini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
🗓 O'tgan hafta davomida Gʻuzor tumani hokimi B.Suyunov boshchiligida hokim o‘rinbosarlarining navbatdagi shaxsiy qabullari tashkil etildi.
Qabullar davomida:
✅ Tezkor yechim: Murojaatlarning aksariyatiga qabul chog‘idayoq ijobiy yechim topildi.
⏳ O‘rganish talab etadigan masalalar: Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
📌 Nazorat: Har bir murojaat ijrosi qat'iy nazoratga olindi.
Maqsadimiz — xalqimiz og‘irini yengil qilish va har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his etgan holda amaliy natijaga erishishdir.




