Gʻuzor tumani hokimining shaxsiy qabuli: fuqarolar murojaatlariga amaliy yechimlar berildi
2026-07-23 19:45:00 / Yangiliklar

Bugun Gʻuzor tumani hokimi B.Suyunov tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi shaxsiy qabul o‘tkazildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilab berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida tashkil etilgan qabulda 40 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi.
📝Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, bandlik, uy-joy, kommunal xizmatlar, yer munosabatlari hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tegishli mutasaddilar ishtirokida atroflicha ko‘rib chiqildi.
✅Murojaatlarning asosiy qismi qabul jarayonining o‘zida ijobiy hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan masalalar yuzasidan mas’ul rahbarlarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.
🔷Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va qonuniy yechim topishga qaratilgan bunday qabullar Gʻuzor tumanida izchil davom ettirilmoqda.








