Paxta hosildorligini oshirish yuzasidan muhim vazifalar belgilandi
2026-07-04 22:50:00 / Yangiliklar

G‘uzor tumanida paxta hosildorligini oshirish hamda agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda tuman hokimi, fermer xo‘jaliklari rahbarlari hamda sohaga aloqador mutasaddilar ishtirokida g‘o‘za maydonlarida olib borilayotgan ishlar tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, sug‘orish, oziqlantirish va parvarish ishlarini jadallashtirish yuzasidan muhim topshiriq hamda tavsiyalar berildi.
Shuningdek, hosildorlikni oshirish, agrotexnik tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.









