G‘uzor tumanining “Yonqishloq” mahallasi yoshlari viloyat bosqichi chempioniga aylanishdi
2026-07-04 09:25:00 / Yangiliklar

Qashqadaryoda futbol bo‘yicha “DXX kubogi”ning viloyat bosqichi final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada viloyatdagi 776 ta mahalladan qariyb 15 ming nafar yoshlar ishtirok etdi.
Murosasiz va qiziqarli kechgan final bahslarida G‘uzor tumanining “Yonqishloq” mahallasi yoshlari munosib ishtirok etib, viloyat bosqichi chempioniga aylanishdi hamda respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Musobaqadan so‘ng. tuman hokimi g‘olib yigitlarni tantanali ravishda kutib olib, tuman ahli nomidan sportchilar hamda ularning ota-onalariga minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, keyingi bosqichlarda omad tilab, jamoa uchun zarur barcha sharoitlar yaratib berilishini ta’kidladi.
Yigitlarimizni ushbu tarixiy va munosib yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz! Keyingi bosqichlarda ham ularga ulkan zafarlar, yorqin g‘alabalar va omad yor bo‘lishini tilaymiz!
