Tumanda navbatdagi rahbar va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2026-07-03 18:55:00 / Yangiliklar

G‘uzor tumanida hokim hamda tizim rahbarlari ishtirokida yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqot uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari, fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan mas’ullar tomonidan tegishli tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yoshlarga kasb-hunar egallash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida kerakli maslahatlar bildirildi.
Bunday uchrashuvlar yoshlar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammo va takliflarini o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.









