Gʻuzor tumani hokimi B.Suyunovning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi
2026-07-03 12:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli topshirig‘iga muvofiq, joylarda mutasaddilar tomonidan muntazam ravishda shaxsiy va sayyor qabullar o‘tkazilishi belgilangan. Shunga ko‘ra, bugun Gʻuzor tumani hokimi B.Suyunovning shaxsiy qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy, kommunal soha va boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlari tinglandi. Har bir murojaat tegishli soha mutaxassislari ishtirokida puxta o‘rganilib, huquqiy maslahat va amaliy yordam ko‘rsatildi hamda joyida hal etildi. Ayrim muddat talab etiladigan masalalar bo‘yicha zarur choralar belgilanib, ularning yechimi qat’iy nazoratga olindi.
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy yechim topish bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.
