G‘uzorda huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari bo‘yicha huquq organlari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
2025-11-21 10:50:00 / Yangiliklar

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘uzor tuman sudi raisi Laziza Rasulova, tergov sudyasi Latofat Zayniddinova hamda tuman prokurorining o‘rinbosari Dilshod Tursunov Ichki ishlar xodimlari bilan uchrashuv o'tkazdi.
Tadbirda tuman IIB tergov bo‘limi tergovchi va surishtiruvchilari, shuningdek, tergovga qadar tekshiruv organlarining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida shahvoniy shilqimlik va oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyatlar, ularni to‘g‘ri malakalash, huquqiy tasnifi, tergov va sud amaliyotida kuzatilayotgan muammolar yuzasidan batafsil fikr almashildi.
Shuningdek, jazo muqarrarligini ta’minlash, sodir etilgan qilmishlarning og‘irlik darajasiga qarab belgilangan tartib va me’yorlarni izchil qo‘llash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilish yakunida mutasaddi organlar o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, profilaktik chora-tadbirlarni takomillashtirish va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha vazifalar belgilab olindi.






