Hokimiyat haqida

Guliston tumani — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1952-yil 16-aprelda tashkil etilgan. Viloyatning Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Sharof Rashidov tumanlari, Toshkent viloyatining Bekobod tumani bilan chegaradosh. Maydon 0,35 ming km2. Aholisi 81 ming kishi (2025). Guliston tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod) va 24 ta mahalla bor. Markazi — Dehqonobod shaharchasi.
1926-yil dekabr oyida Mirzacho‘l rayoni tashkil etiladi va 1952-yil 16-aprelda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Soveti Prezidiumining 173-sonli Farmoni bilan Mirzacho‘l rayoni negizida Guliston rayoni tashkil etilib uning markazi Krestyansk qishlog‘i etib belgilanadi. Uning tarkibiga usha vaqtlarda Mirzacho‘l rayoni tarkibidagi Krestyansk, Krasnoarmeysk, Vilyamsk, Michurin, Stalinobod va Kizilobod qishloq sovetlari teritoriyalari biriktiriladi. Tuman markazi Krestyansk qishlog‘iga 1967-yil dekabr oyida shaharcha maqomi beriladi.
