Tibbiy xizmat sifati – inson salomatligining kafolati
2025-05-20 22:35:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 7-may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyot sohasining birlamchi bo‘g‘inlari hamda ixtisoslashtirilgan muassasalarda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish, dori vositalaridan oqilona foydalanishni ta’minlash va tibbiy ta’limni yanada takomillashtirish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Guliston tumani hokimi vazifasini bajaruvchi Olimjon Jurayev tuman hududida joylashgan oilaviy shifokorlik punktlarida bo'ldi. O'rganish davomida tuman hokimi mavjud sharoitlarni o‘rgandi, aholi salomatligini saqlashda duch kelinayotgan muammolar bilan tanishdi.
Shuningdek, joylardagi o‘rganishlar davomida shifokorlar, hamshiralar va jamoatchilik vakillari bilan ochiq va samimiy muloqotlar tashkil etildi. Suhbatlar jarayonida mavjud kamchiliklar, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlarning sifat darajasi, shuningdek, tibbiy kadrlar ta’minoti, dori vositalari bilan ta’minlanish holati batafsil muhokama qilindi.
Bu kabi amaliy uchrashuvlar joylardagi real vaziyatni aniqlash, mavjud muammolarga joyida yechim topish va tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etadi.




