Davlat bayroği – milliy ğururimiz va faxrimiz!
2026-11-18 14:30:00 / Yangiliklar

Guliston tumanidagi maktabgaça ta’lim taşkilotlari hamda umumta’lim maktablarida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar taşkil etilmoqda.
Xususan, 11-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkiloti hamda 30-sonli umumta’lim maktabida tarbiyalanayotgan jajji bolajonlar va öquvçilar iştirokida kötarinki ruhda bayram tadbirlari ötkazilmoqda.
Tadbirlar davomida Davlat bayroğimizdagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, ularning tarixiy va ma’naviy ahamiyati haqida söz yuritilib, yoş avlodga Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va davlat ramzlariga sadoqat tuyğularini singdirişga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bolajonlar tomonidan Vatanimizni madh etuvçi şe’rlar, kuy-qöşiqlar ijro etilib, bayroğimizga bölgan çeksiz hurmat va faxr tuyğulari namoyon etilmoqda.


