Guliston tumani markazida yangi köp qavatli uylar barpo etiladi
2026-11-13 10:05:00 / Yangiliklar

Guliston tumani hokimi Olimjon Jörayev Afğonistonlik tadbirkorlar bilan uçraşuv ötkazdi. Unda tuman markazida zamonaviy köp qavatli turar joy binolarini quriş, şuningdek, ularning birinçi qavatlarida savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarini taşkil etiş masalalari muhokama qilindi.
Tadbirkorlarning maʼlum qilişiça, ular tomonidan taʼsis etilgan “Askane United” MÇJ tomonidan eski dehqon bozori hududida umumiy qiymati 5 million AQŞ dollariga teng bölgan loyiha amalga oşiriladi. Loyiha doirasida ikkita obyektni öz içiga olgan köp qavatli turar joy binolari qurilib, jami 100 ta zamonaviy xonadon foydalanişga topşirilişi rejalaştirilgan.
Quriliş işlariga 60 nafardan ortiq işçi-mutaxassis jalb etilişi közda tutilgan. Mazkur loyiha hududning meʼmoriy qiyofasini yangilaş, aholi uçun zamonaviy uy-joy şaroitlarini yaratiş hamda savdo va xizmat körsatiş infratuzilmasini rivojlantirişga xizmat qiladi.



