IQTIDORLI YOŞLAR BILAN OÇIQ MULOQOT ÖTKAZILDI
2026-11-12 17:00:00 / Yangiliklar

Yoşlarning zamonaviy kasb-hunarlarni egallaşi, bilim va salohiyatini röyobga çiqarişi, ijtimoiy-huquqiy faolligini oşiriş hamda ularni qiynayotgan masalalarni bevosita joyiga çiqqan holda örganiş doimiy eʼtiborda.
Jumladan, anʼanaga aylangan “Payşanba — yoşlar kuni” loyihasi doirasidagi navbatdagi uçraşuv tumandagi 19-sonli umumtaʼlim maktabida taşkil etildi.
Oçiq va samimiy ruhda ötgan muloqotda tuman hokimi Olimjon Jörayev, tuman prokurori Ilhom Normatov hamda tuman içki işlar bölimi boşliği Zaxriddin Babaxanov iştirok etib, tumandagi maktablarda tahsil olayotgan iqtidorli yoşlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşdi.
Uçraşuv davomida öquvçilarning fan, ijod va boşqa yönalişlardagi yutuqlari, amalga oşirayotgan işlari hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanişildi. Şuningdek, ularning isteʼdodini yanada rivojlantiriş, taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, taʼlim olişi va öz salohiyatini namoyon etişi uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş masalalari muhokama qilindi.
Jonli muloqot davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollar, istiqbolli taşabbus va amaliy takliflari bilan faol iştirok etdi. Bildirilgan fikr-mulohaza va murojaatlar tinglanib, ularni hal etiş yuzasidan tegişli masʼullarga aniq vazifalar yuklatildi hamda ijrosi nazoratga olindi.









