"Payşanba — yoşlar kuni": Guliston tumanida yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazildi
2026-11-05 11:45:00 / Yangiliklar
.

Yoşlarning zamonaviy kasb-hunar egallaşi, ijtimoiy-huquqiy faolligini oşiriş hamda mavjud masalalarini bevosita joyiga çiqqan holda örganiş doimiy eʼtiborda. Şu maqsadda, anʼanaviy "Payşanba — yoşlar kuni" loyihasi doirasidagi navbatdagi uçraşuv tumandagi 2-son texnikumda taşkil etildi.
Oçiq va samimiy ruhda ötgan muloqotda tuman hokimi Olimjon Jörayev hamda tuman içki işlar bölimi boşliği Zaxriddin Babaxanov iştirok etib, taʼlim muassasasida tahsil olayotgan yoşlar bilan yuzma-yuz suhbatlaşdi.
Tadbir avvalida masʼullar texnikumda öquvçilar uçun yaratilgan şaroitlar, amaliyot xonalari hamda zamonaviy taʼlim vositalari bilan taʼminlanganlik darajasini közdan keçirdi. Jonli muloqot çoğida taʼlim sifatini oşiriş, amaliy könikmalarni mustahkamlaş va yoşlar uçun qöşimça imkoniyatlar yaratiş çoralari atrofliça muhokama qilindi.
Uçraşuvda öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollar, istiqbolli taşabbus va amaliy takliflari bilan faol qatnaşdi. Bildirilgan har bir murojaat tuman rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, ijrosini taʼminlaş yuzasidan mutasaddi soha vakillariga aniq vazifalar yuklatildi.






