Payşanba – Yoşlar kuni: yoşlar murojaatlari va taşabbuslari tinglandi
2026-10-22 20:20:00 / Yangiliklar

Guliston tumanida “Payşanba – Yoşlar kuni” doirasida yoşlar bilan muntazam ravişda oçiq muloqotlar taşkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va taşabbuslari bevosita örganilmoqda. Asosiy eʼtibor yoşlarni qiynayotgan muammolarni aniqlaş, ularning bandligini taʼminlaş hamda mavjud masalalarni amaliy hal etişga qaratilmoqda.
Navbatdagi uçraşuv tuman markazidagi 13-sonli Bolalar musiqa va sanʼat maktabida bölib ötdi. Unda tuman hokimi Olimjon Jörayev, tuman prokurori Ilhom Normatov hamda tuman IIB boşliği Zaxriddin Babaxanov iştirok etib, örta maxsus va oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan, hozirda iş izlayotgan yoşlar bilan yuzma-yuz, samimiy muloqot qildi.
Oçiq muloqot davomida yoşlarning murojaatlari, taklif va taşabbuslari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar atrofliça muhokama qilindi. Xususan, oliy taʼlim muassasalari bitiruvçilarini mutaxassisligi va salohiyatiga mos iş örinlariga joylaştiriş, umumtaʼlim maktablarini tamomlagan yoşlarni esa kasb-hunarga yönaltiriş, ularning bandligini taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Yoşlar tomonidan bildirilgan har bir murojaat va taklif masʼullar tomonidan diqqat bilan körib çiqildi. Muammolarni hal etiş yuzasidan tegişli vazifalar belgilab olinib, masʼul mutasaddilarga aniq topşiriqlar berildi hamda ularning ijrosini taʼminlaş böyiça muddatlar belgilandi.







