Guliston tumani paxtakorlari zafar muborak!
2026-10-21 19:05:00 / Yangiliklar

Qishloq xo‘jaligi sohasida o‘ziga xos maktab yaratgan Guliston tumani dehqonlari yana bir bor fidokorona mehnati bilan yuksak natijalarga erishdilar. Ular paxta topshirish bo‘yicha yillik shartnomaviy rejasini ortig‘i bilan bajardilar.
Xususan, tumandagi 277 ta fermer xo‘jaligi 7 ming gektardan ortiq maydonda paxta yetishtirib, qabul punktlariga 35 ming tonnadan ortiq sifatli paxta tolasi topshirdi. Bu so‘nggi yillardagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biridir.
O‘rtacha hosildorlik gektaridan 50 sentnerni tashkil etdi. Ayniqsa, “Bog‘ishamol agro servis”, “Jasur Sardor Fayzi”, “Vatan”, “Ulkan xirmon fayzi”, “G'ofurjon Bexruz xamkor”, “Sadoqat Saodat” kabi ilg‘or fermer xo‘jaliklari har gektardan 55–60 sentner hosil olib, tumanning umumiy g‘alabasiga munosib hissa qo‘shdilar.
Bu yutuq zamirida, avvalo, Prezidentimiz tomonidan qishloq xo‘jaligini isloh qilish, fermer mehnatini qo‘llab-quvvatlash, sohani zamonaviy boshqaruv tamoyillari asosida rivojlantirishga qaratilgan e’tibor mujassam.
Guliston tumanining mehnatkash dehqonlari fidoyilik, sabr-toqat va yurtga sadoqat namunasi bo‘la oldilar. Ularning ter tomchisidan yuksalgan bu hosil mehnatsevar xalqimizning g‘ururi, dalalarimizdagi baraka timsolidir.
