Xalq qabulxonasida 25 nafar fuqarolar murojaati körib çiqildi
2026-10-21 19:00:00 / Yangiliklar

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni örganiş, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglaş hamda ularning yeçimini ta’minlaş maqsadida Özbekiston Respublikasi Prezidentining Guliston tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli taşkil etildi.
Qabulda Guliston tumani hokimi Olimjon Jörayev iştirok etib, fuqarolar bilan oçiq va samimiy muloqot olib bordi.
Qabul davomida jami 25 nafar fuqaro öz murojaatlari bilan iştirok etib, murojaatlarning asosiy qismini kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, doimiy iş bilan ta’minlaş, uy ta'miri uçun mablag' ajratiş, bolalar nafaqasi tayinlaş, davolanişi uçun moddiy yordam ajratiş hamda kommunal xizmatlar bilan boğliq masalalar taşkil etdi.
Har bir murojaat atrofliça tinglanib, ularni qununçilik doirasida hal etiş yuzasidan tegişli çoralar belgilanib, mas’ullarga biriktirildi va muddatlar belgilandi.


