Kelajak egalari bilan samimiy muloqot
2026-10-19 14:35:00 / Yangiliklar

Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev an’anaga aylangan “Dushanba — maktab kuni” loyihasi doirasida “Sharq haqiqati” mahallasida joylashgan 26-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida tuman hokimi o‘quvchilar bilan samimiy muloqot qildi hamda “Kelajak soati” mashg‘ulotida ishtirok etdi. 11-sinf o‘quvchilari bilan tashkil etilgan ochiq darsda ularning ota-onalari ham qatnashdi.
Suhbat davomida bitiruvchilarning kelajakdagi maqsad va rejalari, oliy ta’lim muassasalariga kirish istaklari muhokama qilindi. Tuman hokimi bitiruvchi yoshlarning intilishlarini qo‘llab-quvvatlab, ularga kasb tanlash, puxta bilim olish va oliygohlarga kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berdi.






