Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam
2026-09-11 08:05:00 / Yangiliklar
.

Sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholining jismoniy faolligini oshirish maqsadida bugun erta tongdan Guliston tumani “Beshbuloq” mahallasida “Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam” yurish marafoni tashkil etildi.
Unda mahalla aholisi, yoshlar va nuroniylar faol ishtirok etib, 5 ming qadam yurish orqali sog‘lom turmush tarzining inson salomatligidagi muhim o‘rnini namoyon etdilar.
Yurish marafonidan so‘ng ishtirokchilar bilan birgalikda ertalabki badantarbiya mashqlari ham bajarildi.
Bunday ommaviy tadbirlar aholining jismoniy faolligini oshirish, yoshlarni sportga keng jalb etish hamda mahallada sog‘lom va faol hayot tarzini qaror toptirishga xizmat qilmoqda.



