Tibbiyot sohasi yoshlari bilan yuzma-yuz ochiq muloqot o‘tkazildi
2026-09-03 18:30:00 / Yangiliklar

Guliston tumanida “Payshanba – Yoshlar kuni” doirasida tuman tibbiyot birlashmasida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan yuzma-yuz ochiq muloqot tashkil etildi.
Unda tuman hokimi Olimjon Jo‘rayev hamda tuman Soliq inspeksiyasi rahbari Abdujamol Mashrapov ishtirok etdi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot davomida yoshlarning murojaat, taklif va tashabbuslari bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi.
Xususan, tuman tibbiyot birlashmasida Wi-Fi tizimini yanada takomillashtirish, hudud ichki yo‘llariga asfalt yotqizish, shuningdek, qo‘shimcha ish soatlari ajratish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.
Har bir murojaat mas’ullar ishtirokida batafsil ko‘rib chiqilib, ularning yechimi yuzasidan aniq vazifalar belgilandi. Murojaatlarning ijro muddatlari ko‘rsatilib, masalalar tegishli mutasaddilarga biriktirildi.









