Mustaqillik bayram shukuhi Inoqlik mahallasida davom etmoqda
2026-08-20 19:45:00 / Yangiliklar
.

Bugun Guliston tumanining "Sharq haqiqati" mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan aholi uchun ko‘tarinki kayfiyat, bayramona shukuh va ezgu tuyg‘ularni ulashishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy hamda madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tuman hokimligi, tuman Madaniyat markazi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan mazkur tadbir “Mustaqillik to‘yi” festivali doirasida o‘tkazilib, mahalla ahlini Vatanimizning eng ulug‘ va qadrli bayrami atrofida birlashtirdi.
Tadbir davomida tuman Madaniyat markazining iste’dodli va xushovoz xonandalari tomonidan ijro etilgan dilbar kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, bayramona muhitga yanada fayz bag‘ishladi.






