Xalq qabulxonasida 22 nafar fuqarolar murojaati koʻrib chiqildi
2026-08-19 15:50:00 / Yangiliklar

Aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, fuqarolarning murojaatlarini bevosita tinglash hamda ularning yechimini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Guliston tumanidagi Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabulda Guliston tumani hokimi Olimjon Jo‘rayev ishtirok etib, fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
Qabul davomida jami 22 nafar fuqaro o‘z murojaatlari bilan ishtirok etib, murojaatlarning asosiy qismini kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, doimiy ish bilan ta’minlash, farzandlari o'qishi uchun kontrakt to'lovida amaliy yordam berish hamda davolanishi uchun moddiy yordam ajratish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar tashkil etdi.
Har bir murojaat atroflicha tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli choralar belgilanib, mas’ullarga biriktirildi va muddatlar belgilandi.


